“O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi boshqarma va zavodlarda xavfsiz mehnat sharoitini yaratish, mavjud energiya resurslaridan samarali foydalanish, shuningdek, atrof-muhitga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararlarni kamaytirish borasida zarur choralar ko‘rilmoqda.

Ushbu sa’y-harakatlardan ko‘zlangan maqsad, mamlakatimizda neft va gaz sanoati salohiyatini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilash hamda sohada yanada yuqori natijalarga erishishdan iboratdir.

Ayni paytda, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida “Global Management Consult” va “Smart Management” korxonalari bilan hamkorlikda “ISO 9001:2015”, “ISO 14001:2015”, “ISO 45001:2018”, “ISO 50001:2018” xalqaro standart talablariga mos keladigan, birlashtirilgan boshqaruv tizimida sertifikatlashtirish talablarini amaliyotga tadbiq etilmoqda.

Xususan, “Global Management Consult” va “Smart Management” bilan hamkorlikda ishchi-xodimlar uchun tashkil etilgan o‘quv-trening ham shular jumlasidandir.

O‘quv seminarida ishtirokchilarga sifat boshqaruvi, kasbiy sog‘liq va xavfsizlik, energetik menedjment, ekologik menejment tizimlarining xalqaro talablari bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

Bundan tashqari, xalqaro standart talablariga erishish hamda birlashtirilgan boshqaruv tizimini rivojlantirish uchun zarur manbalarni ushbu yo‘nalishga sarflash bo‘yicha ham ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz