“O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan tabiiy gaz qazib chiqarish miqdorini ko‘paytirish uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Boshqarma tasarrufida hozirgi kunda 2 ta gaz va 22 ta gazkondensatli konlar, 2 ta Gazni dastlabki tayyorlash va 1 ta gazni kompleks tayyorlash qurilmasidan foydalanib kelinmoqda.
Shuningdek, yillik quvvati 5,0 mlrd kub m. tabiiy gaz bosimini ko‘tarib berish uchun Siquv kompressor stantsiyasi, yillik quvvati 1,5 mlrd.kub. m tabiiy gazni oltingugurt brikmalaridan tozalash 6-texnologik tarmoq va yillik quvvati 80,0 ming tonna bo‘lgan suyultirilgan gaz ishlab chiqarish qurilmasining qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Boshqarma tasarrufidagi konlardan tabiiy gaz qazib chiqarish miqdorini ko‘paytirish bo‘yicha quduqlarda intensifikatsiya ishlari amalga oshirilmoqda, ish reja tadbiri va sxemalari tayyorlanib mutaxassislar bilan birgalikda ko‘rib chiqildi.
Ushbu qurilmalarni qurib ishga tushirish bilan Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida kunlik 2,0 mln.kub m. tabiiy gaz, 219 tonna suyultirilgan gaz va 102 tonna gaz kondensati ko‘paytirishga va “O‘ztransgaz” magistral gaz quvurlariga uzatilayotgan tabiiy gaz sifat ko‘rsatkichlari yaxshilanishiga erishiladi.


“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz