"Uzbekneftegaz" : "G`arbiy Xakkul" konidagi gaz qudug`i qayta ishga tushirildi.
Gazli neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli "G`arbiy Xakkul" gazkondensat konidagi 8-sonli quduqda to`la ta`mirlash ishlari olib borildi.
Quduqda qatlam suvi kelishi kupayganligi sababli kunlik gaz qazib chiqarish umuman to`xtagan edi қазиб чиқариш. Ayni paytda unda suv yo`llarini to`sish ishlari amalga oshirilib, 2620-2627 metr intervallar oralig`ida perforatsiya ishlari o`tkazildi.
Natijada quduqdan bir sutkada 60-70 ming kub metrgacha sanoat miqyosida tabiiy gaz olinmoqda.
Ma`lumot uchun: "G`arbiy Xakkul" gazkondensat koni Buxoro viloyatining Jondor tumanida joylashgan bo`lib, 2017 yilda ishga tushirilgan.
manba: ung.uz