"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda Etilen ishlab chiqarish sexining Gazlarni ajratish qurilmasi EA-1821 C - tozalangan tabiiy gazni sovitish uchun mo‘ljallangan issiqlik almashinuv apparatida ta’mirlash ishlari olib borildi.
EA-1821 C apparatining vazifasi Etilen ishlab chiqarish sexidagi Amin yordamida tozalash qurilmasining DA-1701 absorber apparatidan tozalanib kelayotgan tabiiy gazni sovitishdan iboratdir.
Sovitishdan maqsad tabiiy gaz tarkibidagi namlikning yaxshi kondensatsiyalanishi va quritgichlarda adsorbsiya jarayonini yaxshilash hisoblanadi.
Ta’mirlash ishlari davomida uzluksiz ishlab chiqarish jarayoni natijasida EA-1821 C apparatning quvurlar jamlanmasida hosil bo‘lgan qoldiqlarni tozalash va yuvish ishlari olib borildi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yozgi issiq yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan anomal issiq ob-havo sharoitida apparatning uzluksiz va xavfsiz ishlashini ta’minlashdan iboratdir.
Ma’lumot uchun, EA-1821 C issiqlik almashinuv apparati 2018-yilda "UZBЕKXIMMASH" zavodida ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2018-yilda majmuaga olib kelingan va o‘rnatilgan.
«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati