Joriy yilning 23 sentyabr kuni "O‘zbekneftgaz" AJ tarkibiga kiruvchi korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish loyihasining birinchi bosqich yakunlari bo‘yicha “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJda “Ernst & Young Advisory” kompaniyasi tomonidan tayyorlangan taklif va tavsiyalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda “O‘zbekneftgaz” AJ, “Ernst & Young Advisory” kompaniyasi hamda “Sho‘rtan GKM” MChJ vakillari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida kompaniya tomonidan berilgan tavsiyalar muhokama qilinib, mazkur loyihani keyingi bosqichlarda amalga oshirish borasida berilgan bir qator tavsiyalar yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan ma’qullandi.

Yig‘ilish yakunida hozirda sohagi islohotlarni keng miqyosda olib borish hamda ma’qullangan tavsiyalarni amalga oshirish muddatlari kelishib olindi.

 

www.sgcc.uz