“O‘zbekneftgaz” AJ hamda O‘zbekiston neft va gaz sanoatining ilmiy-muhandislik jamiyati hamkorligida eng yaxshi ilmiy-texnikaviy hamda ilmiy va amaliy maqolalar uchun Respublika tanlovi e’lon qilinadi.


Tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

• geologiya, neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish;
• neft va gaz konlarini o‘zlashtirish va ulardan foydalanish;
• neft va gaz quduqlarini burg‘ulash;
• neft va gazni qayta ishlash, neft va gaz sanoatida kimyoviy texnologiya va ekologiya;
• neft va gaz sanoatida iqtisodiyot va menejment;
• neft va gaz konlari uchun mashinalar va uskunalar.

Tanlovda g‘olib deb topilgan maqolalar, g‘oliblar e’lon qilinganidan keyin 6 oy ichida xalqaro ilmiy jurnallarda nashr etiladi.

Tanlovning asosiy shartlari quyidagilardan iborat:

• maqolalar tashkiliy qo‘mitaga elektron shaklda taqdim etilishi va WORD dasturida yozilishi(1,5 oraliqda, 14 shrift bilan);
• rasmlar CorelDraw dasturida bajarilishi;
• maqola hajmi to‘liq varaqlarda 3-6 betni tashkil etishi;
• maqolalar o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida topshirilishi mumkin.

Maqolalar quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak:

• ma’ruza nomi;
• muallif (mualliflarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi. Mualliflar soni ikkitadan ko‘p bo‘lmasligi kerak);
• ish joyi yoki o‘qish joyi va muallif / mualliflarning mavqei;
• muallif/mualliflarning mobil telefon raqami va elektron pochta manzili;
• maqolaning mazmuni, qisqacha mazmuni va taklif qilingan yechimlar;
• foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ma’lumotnomalar bo‘yicha me’yoriy hujjatlar.

Taqdim etilgan ishlar maxsus tuzilgan ekspert komissiyasi a’zolari tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Tanlov haqida batafsil ma’lumot olish uchun +99871 256-67-26 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Manzil: 100029 Toshkent shahri, Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko‘chasi, 2-bino.

Maqolalar 2020 yil 20 oktyabrga qadar elektron shaklda uzniongp@gmail.combr manzilida qabul qilinadi.

Biz sizning ushbu tanlovda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz!

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz