Muhtaram Prezidentimiz belgilab bergan vazifalarga muvofiq Energetika vazirligi tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarida energiya resurslarini tejash va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani rivojlantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 14 iyuldagi O‘RQ-628-son Qonuni bilan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida” 1997 yil 25 apreldagi 412-I-son Qonuniga o‘zgartirish qo‘shimchalar kiritish haqida” qonuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizda energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlaridan kelib chiqib tayyorlangan.

Shuningdek, Oliy Majlis deputatlari tomonidan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining ushbu qonuni, ularning hududlarda nazorat-tahlil ko‘rinishida o‘tkazgan o‘rganish natijalari bilan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish natijalari bo‘yicha amalga oshirilgan.

Jumladan, mazkur o‘rganishlar energiya resurslari iste’moli samaradorligini monitoring qilishning ta’sirchan tizimi, energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish xizmatlarining mavjud emasligi, bu sohada axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasining pastligini ko‘rsatgan.

Shu munosabat bilan, Qonunda quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar, ya’ni: 8-moddada energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sertifikatlash to‘g‘risida qo‘shimcha norma belgilandi;

energiyadan foydalanishda davlat siyosatini samarali yuritish maqsadida, 10 va 11-moddalarning normalariga energiya samarador, energiya tejamkor va energiya sarfi tushunchalarining mohiyati aniqlashtirilib, o‘zgartirishlar kiritildi;

Energetika vazirligini energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilagan holda, uning vazifalarini alohida ko‘rsatish maqsadida qonun 11-1 modda bilan to‘ldirildi;

energiyadan foydalanish sohasidagi davlat tekshiruvi amalga oshirilishini tizimli yo‘lga qo‘yish, nazorat organlarining vakolatlarini belgilash maqsadida 11-2 modda bilan to‘ldirildi;

qonunni energiyadan oqilona foydalanish sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini belgilovchi 11-3-modda qo‘shimcha ravishda qabul qilindi;

qonunning amaldagi 7, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 18, 19 20-moddalarida energiya tejamkor, energiya samarador tushunchalari aniqlashtirilishi munosabati bilan ayrim texnik o‘zgartirishlar kiritildi hamda “Hukumat” so‘zi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirildi.

Yuqorida nomi qayd etilgan qonun, uning loyihasi ishlab chiqilishida Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Fransiya, Germaniya, Ukraina, Rossiya va Qozog‘iston kabi davlatlarning energiyani tejash va energiyadan samarali foydalanish, energiya resurslari sarfini me’yorlashtirish sohasidagi tajribalari o‘rganilgan.

Hozirgi vaqtgacha yangi qabul qilingan qonunni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, tadbirkorlik subyektlariga va ijrochilarga yetkazish hamda tushuntirish bo‘yicha qator tadbirlar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 14 iyuldagi “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-628-sonli Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish ishlarini tashkil etish maqsadida, dastlab qonun matni Energetika vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

2020 yil 15 iyul kuni Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan targ‘ibot materiallari (annotatsiya, slayd va infografika) to‘plami ham Energetika vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

Mazkur targ‘ibot materiallari orqali qonunning mazmun mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida, targ‘ibot materillarri Energetika vazirligi mutasaddiligidagi tashkilotlarga yuborildi hamda uning ijrosi ta’minlanishi nazoratga olindi.

Energetika vazirligi mutasaddiligidagi tashkilotlar va ularning hududiy filiallari tomonidan:

2020 yil 22 iyul kuni “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi” ruknidagi sarlavhali material;

2020 yil 3 avgust kuni “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi” ruknidagi sarlavhali material;

2020 yil 6 avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 14 iyuldagi “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni mazmun mohiyati” nomlanishi bilan sarlavhali xabar e’lon qilindi.

Shu bilan birga, mazkur qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini jamoatchilikka tushuntirish bo‘yicha joylarda reja-jadval asosida tizimli hamda manzilli targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish,
targ‘ibot tadbirlarida televideniya va radio imkoniyatlaridan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasining “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida” Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 14 iyuldagi O‘RQ-628-son Qonuni bilan qabul qilingan normalar:

energiya resurslari iste’molining samaradorligini tizimli monitoring qilishga;

energiya resurslari xarajatlarini optimallashtirishga va ularning iste’mol hajmini kamaytirishga;

mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishini mustahkamlashga;

ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini pasaytirishga va ularning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorlik va energiya tejamkorlik bo‘yicha Departamenti bosh mutaxassisi D.Yusupaliev

 

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz