Energetika vazirligi maxsus shtabi Qashqadaryo viloyati iste’molchilarini 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumida tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida ushbu viloyatga bordi.


Maxsus shtab “O‘ztransgaz” AJga qarashli Muborak magistral gaz quvurlari boshqarmasi tasarrufidagi kompressor stantsiyasi, gaz taqsimlash stantsiyalari, Qarshi shahri “Beklar” MFY hududidagi tabiiy gaz hisobi nazoratining avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUG)ni joriy etish loyihasi doirasida gaz hisoblash uskunalarini o‘rnatish jarayoni, G‘uzor tumani “Qorakul” MFY Alanga massivida joylashgan suyultirilgan gaz tashuvchi MAN avtotsisternalari haydovchilariga xizmat ko‘rsatish uyi, Qamashi tumani “To‘qboy” MFY, Yakkabog‘ tumani “Jiyda” MFY va Koson tumani “Pudina” MFY hududidagi maishiy gaz ballonlarni sinovdan o‘tkazish markazlari, Shahrisabz tumani “Sariosiyo” MFYdagi gaz to‘ldirish shaxobchasi va maishiy gaz ballonlarni sinash tsexida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Qashqadaryo viloyati iste’molchilariga 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumida jami 1 929,1 million kub metr tabiiy gaz yetkazib beriladi. Bu o‘tgan mavsumga nisbatan 1,1 foizga ko‘pga ko‘pni tashkil qiladi. Viloyatda tabiiy gaz iste’molchilari soni 140 100 ta bo‘lib, shundan 2 978 tasi – yuridik va 137 122 tasi – jismoniy (aholi) iste’molchilari hisoblanadi.

Iste’molchilarni tabiiy gaz bilan ta’minlash uchun 3 461,3 kilometr gaz quvurlari va 5 423 ta gaz taqsimlash punktlaridan foydalaniladi.

Joriy yil aprel oyidan ayni kunga qadar viloyatdagi gaz quvurlarining 3,5 kilometr qismi mukammal ta’mirlandi va 3,2 kilometr rekonstruktsiya qilindi.

Shu yil 1 oktyabrdan boshlab 15 ta maxsus texnika va 60 nafar xodimlardan iborat 15 ta brigada faoliyati qo‘ylga qo‘yiladi.

 

Shuningdek, suyultirilgan gaz iste’molchilariga kuz-qish mavsumida jami 66 506 tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriladi. Bu o‘tgan mavsumga nisbatan 47 foizga ko‘proqni tashkil qiladi. Viloyatda jami 615 581 ta suyultirilgan gaz iste’molchilari mavjud bo‘lib, ularni suyultirilgan gaz bilan ta’minlash uchun 19 ta avtotsisterna va 149 ta ISUZU avtomashinasidan foydalaniladi.

 

Energetika vazirligi Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz