2020 yil 24 avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonovning Turkiya Respublikasi Buyuk Milliy majlisi Reja-byudjet komissiyasining raisi Lyutfiy Elvan boshchiligidagi delegatsiyasi hamda "CengizHolding" kompaniyasi direktorlari Boshqaruvining Raisi Mexmet Jengiz bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar Turkiya delegatsiyasining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida tashkil qilindi.

Uchrashuv avvalida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya xalqlari do‘stligiga asoslangan ikki tomonlama munosabatlarning yuqori darajasini qayd etdi. Shuningdek A.Sultonov Turkiya delegatsisi rahbarini muhim voqea — Turkiyaning Qora dengizdagi o‘z shelfida yirik tabiiy gaz koni — "Tuna-1" ochilishi munosabati bilan tabrikladi. Konning prognoz hajmi 320 mlrd. kub metr deb taxmin qilinmoqda.

Turkiya delegatsiyasi a’zolari o‘z navbatida O‘zbekiston Prezidentining rahbarligida turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda, shuningdek yoqilg‘i-energetika kompleksida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini qayd etdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda issiqlik elektr stantsiyasini qurish bo‘yicha O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma loyihasini yanada rivojlantirish masalasi muhokama qilindi. L.Elvan Turkiya tomonining loyiha doirasida tegishli bitimlarning tezda imzolanishidan manfaatdorligini qayd etdi.

O‘zbekiston tomonidan ham rejalashtirilgan loyihalarni amalga oshirish va yangi o‘zaro manfaatli takliflarni muhokama qilish maqsadida barcha zarur yordamni ko‘rsatishga shaylik ifodalanadi.

Muzokarlar yakuni bo‘yicha tomonlar IES ni qurish bo‘yicha taklif qilinayotgan maydonchalarga safarlarni tashkil qilish va safar natijalari bo‘yicha loyiha doirasida zarur hisob-kitoblarni amalga oshirishga kelishib oldi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz