Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining faollar zalida "Breyn-ring" intellektual shousining yarim final bosqichi dastlabki bellashuvi Oqova suvlarni tozalash sexining - "ZILOL", Avtotransport bilan ta’minlash xizmatining - "TRANSPORTCHILAR", SHGKM ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish loyihasi guruhining - "UPGRADE" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

3 raund davom etgan mazkur intellektual shou natijalariga ko‘ra Avtotransport bilan ta’minlash xizmatining- "TRANSPORTCHILAR" jamoasi 8- ball bilan navbatdagi bellashuv g‘olibiga aylanishdi.

"BRЕYN RING" intellektual shousining navbatdagi bellashuvi natijalari:

Qiziqarli bahs munozaralarga boy bo‘lgan mazkur intellektual bellashuvda tomoshabinlar bilan ham "o‘yin ichida o‘yin" o‘tkazilib, boshlovchi tomonidan berilgan intellektual savollarga aniq va to‘g‘ri javob bergan faol ishtirokchilarga "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ ma’muriyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|