"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ faollar zalida "Breyn-ring" intellektual shousining yarim final bosqichi navbatdagi bellashuvlari o‘tkazildi.

Dastlabki o‘yinda majmua Boshqaruv apparatining - "OPTIMUS", "Qarshitermoplast" sexining - "EKO-PLAST", Zavod markaziy laboratoriyasining "KIMYOGAR" jamoalari o‘zaro bellashishgan bo‘lsa , ikkinchi bahsda "Bug‘ gaz havo ta’minoti" sexining - "ENERGY", "Tashqi suv ta’minoti" sexining - "OKEAN", majmua sex poliklinikasining - "AVITSЕNNA" jamoalari o‘zaro bellashishdi. So‘ngi yarim final o‘yinida esa, "Ichki suv ta’minoti" sexining - "OBI-HAYOT", SHGKM yoshlaridan iborat - "RENESSANS", majmua temir yo‘l transporti bilan ta’minlash xizmatining- "RAILWAY" jamoalari o‘zaro bellashishdi.

3 raunddan davom etgan intellektual o‘yinlar natijalariga ko‘ra 1 o‘yinda Zavod markaziy laboratoriyasining "KIMYOGAR" jamoasi 7-ball bilan o‘yin g‘olibiga aylangan bo‘lsa, 2 o‘yinda "Bug‘ gaz havo ta’minoti" sexining - "ENERGY" jamoasi 7- ball bilan final bellashuvga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 3 o‘yin natijalariga ko‘ra "Ichki suv ta’minoti" sexining - "OBI-HAYOT" jamoasi 6- ball bilan final bahsida ishtirokini naqd qilib qo‘ydi.

Qiziqarli bahs munozaralarga boy bo‘lgan intellektual bellashuvlarda tomoshabinlar bilan ham "o‘yin ichida o‘yin" o‘tkazilib, boshlovchi tomonidan berilgan intellektual savollarga aniq va to‘g‘ri javob bergan faol ishtirokchilarga "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ ma’muriyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

«Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|