"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ faollar zalida "Breyn-ring" intellektual shousining 2022 yilgi mavsumi final bosqichi bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Final bahsida, raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmagan holda barcha saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib kelgan jamoalar: Ichki suv ta’minoti sexining - "OBI-HAYOT", Bug‘ gaz havo ta’minoti sexining - "ENERGY", Avtotransport bilan ta’minlash xizmatining  - "TRANSPORTCHILAR", Zavod markaziy laboratoriyasining - "KIMYOGAR" jamoalari o‘zaro bellashdilar.

Qiziqarli va his-hayajonga boy bo‘lgan final bahsi natijalariga ko‘ra: "Bug‘ gaz havo ta’minoti" sexining - "ENERGY" jamoasi 2 ball bilan to‘rtinchi o‘rin; Zavod markaziy laboratoriyasining - "KIMYOGAR" jamoasi 3 - ball bilan uchinchi o‘rin, ochkolar teng kelib qolgani hisobiga berilgan qo‘shimcha savollar natijasida "Ichki suv ta’minoti" sexining - "OBI-HAYOT" jamoasi 3 - ball bilan ikkinchi o‘rin sohiblari bo‘lishdi. Avtotransport bilan ta’minlash xizmatining- "TRANSPORTCHILAR" jamoasi esa o‘zlarining mavsum davomidagi eng yorqin o‘yinlarini ko‘rsatgani holda, 4 - ball bilan "Breyn-ring" musobaqasining 2022 yilgi mavsumi chempioni bo‘lishdi.

Mazkur intellektual bellashuv finalida ham tomoshabinlar bilan "o‘yin ichida o‘yin" o‘tkazilib, boshlovchi tomonidan berilgan intellektual savollarga aniq va to‘g‘ri javob bergan faol ishtirokchilarga "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ ma’muriyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|