"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda ishchi-xodimlarning ijtimoiy faolligini yanada oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash va o‘z iqtidorlarini har tomonlama namoyon etishiga imkoniyat yaratish maqsadida har yili an’anaviy ravishda tashkil etib kelinayotgan "Breyn-ring" intellektual shousining 2024 yilgi mavsumining saralash bosqichi "B" guruh bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bellashuv, Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika sexining "Avtomatika", Umumiy ovqatlanish sexining "Oshpazlar", Mexanik ta’mirlash sexining "Mexaniklar" jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi.

Uch raund davom etgan bilimlar bellashuvi natijasiga ko‘ra "Oshpazlar" jamoasi 4 ball bilan bellashuv g‘olibiga aylandi.

"BRЕYN RING" intellektual shousining saralash "B" guruhi bellashuvi natijalari:

Qiziqarli bahs munozaralarga boy bo‘lgan mazkur intellektual bellashuvda tomoshabinlar bilan ham "o‘yin ichida o‘yin" o‘tkazilib, boshlovchi tomonidan berilgan intellektual savollarga aniq va to‘g‘ri javob bergan faol ishtirokchilarga Kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, hay’at a’zolari tomonidan intellektual bellashuvda eng yaxshi jamoa deb topilgan,  "Oshpazlar" jamoasiga majmua ma’muriyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati