O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yilning 7 martidagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab- quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan 25 noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuniga bag‘ishlab "O‘zbekneftgaz" AJ tizimidagi korxona va tashkilotlarda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” turkum tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.

Shunday tadbirlar biri "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ faollar zalida zavod ishchi-xodimalari uchun "Biz zo‘ravonlikka qarshimiz" mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Qarshi davlat universteti professori Sh.Qurbonov, "O‘zbekneftgaz" AJ moliyaviy komlayens nazorati departamenti hududiy inspektori A.Sharipov, Majmua yuridik xizmati yuriskonsulti M.Rayonov qatnashishdi.

Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad ayollarga nisbatan tazyiqlarning oldini olish, gender tenglikni ta’minlash borasidagi sayi harakatlarni qo‘llab quvvatlashdir.

Amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlarlar mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash hamda ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgandir. Zero, ayol – oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki. Ayollar bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir. Xotin-qizlari e’zozlangan, qadrlangan yurtning esa buguni va ertasi farovon bo‘ladi.

«Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|