"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan ishchi-xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida muntazam ravishda bir qator tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, majmua kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan dam olish kunlari Shahrisabz tumanining eng so‘lim go‘shalaridan biri sanalgan va xushmanzara tabiati bilan mashhur bo‘lgan Hisor davlat qo‘riqxonasi tarkibidagi tog‘yonbag‘riga tashkil etilgan ekoturizm ham ishchi-xodimlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.

Bu kabi tadbirlar majmuada faoliyat olib borayotgan fidoiy xodimlarni madaniy hordiq chiqarishlari bilan bir qatorda, ishchanlik kayfiyatlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.

O‘z navbatida, majmua ishchi-xodimlarning talab va istaklarini inobatga olgan holda, kelgusida ham bu boradagi ishlar tizimli ravishda davom ettiriladigan bo‘ldi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz