Belorusiyada "Skill Trade Union” xalqaro seminari bo'lib utdi

Belorusiya kimyo, togʼ va neft tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan oʼtkazilgan “Skill Trade Union” xalqaro seminarida “Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi” MChJ kasaba uyushma qoʼmitasi raisi Yu.Botirov ishtirok etdi.

Belorusiya kimyo, togʼ va neft tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi va Oʼzbekiston neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasiga muvofiq Belximprofsoyuz kasaba uyushmasining taklifiga binoan joriy yilning 25-29 noyabr kunlari Belorusiya Respublikasining Minsk shahrida “Skill Trade Union” xalqaro seminari boʼlib oʼtdi.


Ukraina, Belorusiya, Rossiya, Qozogʼiston va Oʼzbekiston Respublikasi delegatsiyalari ishtirokida oʼtgan ushbu xalqaro seminar Belorusiyaning soʼlim goʼshalaridan biri “Krinitsa” sanatoriyasida oʼtkazildi.


Qiziqarli va muzokaralarga boy oʼtgan ushbu xalqaro seminar treningda Oʼzbekiston delegatsiyasi tarkibida “Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi” MChJ kasaba uyushma qoʼmitasi raisi Yu.Botirov ham ishtirok etdi. U mazkur seminar treningda faol ishtirok etib maxsus Sertifikatni qoʼlga kiritdi


Oʼzbekistondan tashrif buyurgan delegatsiya xizmat safari davomida nafaqat seminarda qatnashish, balki tarmoq kasaba uyushmasi Belorusiya kimyo, togʼ va neft tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasining olib borayotgan faoliyati bilan yaqindan tanishishga erishdi. Oʼzaro tajriba va fikr almashinuvi kasaba uyushmasi sohasidagi faoliyatning yanada takomillashuvini taʼminlashi qayd etildi. Oʼzbekiston delegatsiyasi ushbu xizmat safari davomida orttirgan bilim va malakalarimiz mamlakatimiz sanoatida amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlar jarayonida amalda tadbiq etadilar deb umid qilib qolamiz.