O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi “Neft va gaz sohasida ta’lim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-309-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek "Shurtan gaz kimyo majmuasi" mas’uliyati cheklangan jamiyatining istiqbolli rejalarini amalga oshirishda bilimli va yuqori salohiyatli yosh mutaxassislarga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining:
- Issiqlik energetikasi;
- Elektr energetikasi;
- Texnologik mashinalar va jihozlar;
- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish;
- Yuqori molekular birikmalar;
- Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishlarida tahsil olayotgan to‘rtinchi kurs talabalari orasidan;
Shuningdek, Qarshi davlat universitetining "Kimyo-biologiya" fakultetining Kimyo yo‘nalishida tahsil olayotgan to‘rtinchi kurs talabalari orasidan "SHGKM stipendiyasi" ga munosib nomzodlarni tanlab olish uchun sinov imtihonlari o‘tkazildi.
Sinov imtihonlari 2 bosqichda o‘tkazilib, dastlabki bosqich yozma ravishda va keyingi bosqich suhbat ko‘rinishida bo‘ldi.
Har ikkala bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan 15 nafar talabalar "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJning 2023-2024 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan "6-STIPЕNDIYA" dasturi g‘olibligini qo‘lga kiritdilar.
Bundan tashqari, 15 nafar talaba "Shurtan gaz kimyo majmuasida amaliyot o‘tash" dasturi g‘olibi bo‘ldilar.
Bu kabi stipendiya dasturlarining muntazam ravishda o‘tkazilib borilishi, neft va gaz sohasida tahsil olayotgan bilimga chanqoq, istiqbolli, aniq maqsad sari intiluvchan yoshlarni o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon qilishlari uchun imkoniyat yaratmoqda.
Tanlov g‘oliblarini chin yurakdan muborakbod etamiz hamda tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildirgan holda ularning ilm olishlari va neft-gaz sohasidagi keyingi faoliyatlari davomida yuqori marralarni qo‘lga kiritishlarida omad va zafarlar tilaymiz!
Қуйида ғолиблар рўйхати билан танишишингиз мумкин:
«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati