1999 yil 17 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi o‘zining 54/120-sonli rezolyutsiyasi bilan Xalqaro yoshlar masalasi bilan shug‘ullanuvchi vazirlar konferentsiyasining 12 avgustni Xalqaro yoshlar kuni deb e’lon qilish haqidagi tavsiyasini ma’qulladi.

Ushbu kunda jahon hamjamiyatining diqqat e’tibori yoshlarga oid masalalarga yana bir bor qaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, milliy qonunchiligimizga ko‘ra 30 iyun O‘zbekiston Respublikasida Yoshlar kuni etib belgilangan.

Shuningdek, joriy yil 30 iyunda Prezident Farmoniga asosan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi.

 

 

www.sgcc.uz