Koronovirusga qarshi bizning oliy sifatimiz bo'lgan sabr va birdamlikda kurashishimiz lozim

Qadrli hamkasblar!

Har kuni koronavirus infeksiyasi haqidagi yoqimsiz xabarlar kayfiyatingizga yomon taʼsir qilayotgani rost. Ammo bu insoniyat chekiga tushgan sinov va undan qanday oʻtish Siz-u bizga bogʻliq.
Bu shunday bir sinovki, xalqning birdamligi, ahilligi, oqilligi imtihondan oʻtadi.

Bu shunday bir sinovki, hammamiz olomon emas, aslida mo'min musulmon buyuk xalq ekanimizni namoyon etishimiz lozim.

Ishga bormadingizmi, yaqinlarnikiga mehmonga borib uzingizni ham yaqiningizni ham xavfga qo'yish kerak emas. Aynan uyda qolishingiz kerak.

Oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish bu — butun dunyodagi samarali va xavfsiz usul. Yaxshiyamki yurtimizda bu qarorlar (karantin, cheklov) o'z vaqtida amalga oshirildi. Cheklovlarni kechiktirib amalga oshirgan Italiya, Ispaniya va bir qancha boshqa davlatlar ahvoli hozirda barchaga ayon. 

Doʻstlaringiz va yaqinlaringizga yomonlikni ravo koʻrmang. Barcha imkoniyatlarni ishga solib, uyda qolish rejimini targʻib qiling. Qo'llaringizni yaxshilab yuving, muloqotda masofa saqlang, zarurat tug'ilib kuchaga chiqsangiz albatta niqob taqing va niqobni har ikki soatda almashtiring, immunitetingizni yuqori saqlab yuring. Virusologiya instituti katta ilmiy xodimi, professor Xayrulla Mustafoevning so‘zlariga ko‘ra, "Immunitetni oshirishning 3ta yo‘li bor. Birinchisi, ruhan tetik bo‘lish, tushkunlikka tushmaslik kerak. Ikkinchisi, chiniqish, badantarbiya. Uchinchisi, to‘g‘ri ovqatlanish". U to‘g‘ri ovqatlanishda oqsil va vitaminga boy mahsulotlar iste’moli juda muhimligini ta’kidlagan.

Biz hammamiz oʻzimiz, oilamiz, farzandlarimizni asrash uchun masʼul ekanimizni his etishimiz, Hukumat qoʻygan talablarga soʻzsiz itoat qilishimiz kerak, zero bularni hammasi o'zimizning sog'ligizimiz uchun.

Imkon qadar uydan chiqmang.
Pokiza boʻling.
Koʻchada niqobsiz yurmang.
Karantin talablarini buzmang.
Unutmang, oʻzini asraganni Ollohnig oʻzi asraydi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirusdan zararlanganlar soni 370 mingga yaqinlashdi, shundan 101 mingdan oshiq kishi tuzalib ketdi, 16 102 kishi vafot etdi.
O‘zbekistonda 24 mart holatiga ko‘ra, virus yuqtirganlar soni 49 nafarni tashkil etmoqda.

 

 

www.sgcc.uz