Полиэтиленовые трубы

О продукте

Порядок закупка

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MChJda quyidagi tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi:
 diametri 20 mm dan 630 mm gacha boʼlgan har xil qalinlikdagi 0,25 MRa dan 1,0 MRa bosimga chidamli polietilen quvurlar va fitinglar
 tomchilab sugʼorish sistemasi (SKO)
 turli xil rangdagi alyumin kompozit panellar (АKP)
 10 litr sigʼimdagi polietilen kanistralar
 energiya tejovchi spiral lampalar 
“Shurtan gaz kiyo majmuasi” MChJ da ishlab chikarilgan tayyor maxsulotlarni (polietilen quvur va fitinglarni, tomchilab sugʼorish sistemasi, alyumin kompozit panellar, polietilen kanistralar, energiya tejovchi spiral lampalar) sotish toʼgʼridan toʼgʼri shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi.
Shartnomalar Oʼzbekiston Respublikasi hoʼjalik yurituvchi subektlarning shartnomaviy huquqiy bazasi toʼgʼrisidagi qonunga asosan tuziladi 
Shartnoma tuzish uchun mijozlarning talabiga asosan tayyor maxsulotlar narxlar roʼyxati (prays-list) taqdim etiladi. Mijoz taqdim etilgan narxlar roʼyxatiga asosan sotib olishi kerak boʼlgan maxsulotlarga shartnoma tuzish uchun yozma ravishda murojaat xati yuborishi va xatda korxonaning toʼliq rekvizitlari boʼlishi shart.
Mijozning talabiga karab «Shurtan gaz kimyo majmuasi» MChJ rahbariyatining topshirigʼiga asosan 2 (ikki) nusxada shartnoma tuzilib, ikki tomonning roziligi orqali imzolanadi. Shartnoma imzolangandan soʼng, sotuvchi mijozga shartnomada koʼrsatilgan maxsulotlarni ishlab chiqarib berish va yuklashga tayyorligi xaqida yozma ravishda xat (hisob varaq) taqdim etiladi. Shartnomada koʼrsatilgan mahsulotlar uchun 100% oldindan toʼlov amalga oshrilgandan soʼng, 25 bank ish kuni ichida soʼralgan mahsulotlar ishlab chiqarib yuklab beriladi. Taqdim etilgan hisob fakturaga asosan mijoz 100% oldindan pul koʼchiradi va shartnomaga asosan tayyor boʼlgan mahsulotni olib ketish uchun mijoz oʼzining taʼminotchi (ekspeditor) xodimini yuborishi shart.
Mahsulotni olib ketish uchun kelgan mijoz quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
1. Mahsulotni olish uchun ishonchnoma (материальный доверенность)
2. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport)
3. Mahsulot uchun tuzilgan shartnoma nusxasi
4. Maxsulot uchun koʼchirilgan pul talabnomasi (банковский поручения)
Mijoz tomonidan takdim etilgan hujjatlarga asosan xisob-kitob boʼlimida (buxgalteriya) tayyor mahsulot uchun hisob-varaqasi (счёт-фактура) yozilib imzolanadi va tovar olish uchun mijozga beriladi.
Mahsulotlarni yetkazib berish sharti EXW (samovыvoz) xaridor tomonidan olib ketiladi.
Soʼralgan maxsulotlar Qarshitermoplast sexidan yuklab beriladi.