Barchaga ma’lumki, 2020-yilning 29-dekabr kuni Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini yo‘lladi.

Unda 2021-yil uchun mamlakatimizni yanada rivojlantirishga qaratilgan eng muhim vazifalar, ichki va tashqi siyosatga doir ustuvor yo‘nalishlar belgilandi.

Bugun, Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi deputati Shuxrat Aslanov hamda G‘uzor tumani Kengashi deputatlari Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasini keng omma e’tiboriga yetkazish va mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish maqsadida tumandagi 2-sonli umumta’lim maktabi aholi vakillari, maktab o‘quvchilari va mahalla faollari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda yosh hokim Rustam Yo‘ldoshev ham ishtirok etib, tumanda amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘sib kelayotgan yosh avlod ma’nan yetuk insonlar bo‘lib yetishishlari, ular jamiyatda o‘z o‘rinni topish hamda biron kasb yoki hunar egallash lozimligini ta’kidladi.

G‘uzor tumani hokimligi Axborot xizmati

 

 

www.sgcc.uz