Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlariga qarashli 99750 hamda 99150-sonli harbiy qism xizmatchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda 14 yanvar - "Vatan himoyachilari kuni"ga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bayram munosabati bilan tashkil qilingan tadbir Vatanimiz madhiyasining tantanavor jarangi bilan ochib berildi.

Tadbir Vatanimiz posbonlari, milliy armiyamiz shijoati va matonati aks etgan videoroliklar namoyishi hamda "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Sh.Eshmurodov, toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarashli 99150-sonli harbiy qism komandiri polkovnik  R.Abdullayev, 99750-sonli harbiy qism komandiri podpolkovnik Sh.Qurbonov, Janubiy G‘arbiy Maxsus Harbiy Okrugi faxriylar kengashi raisi podpolkovnik Sh.Madiyev hamda Faxriylar kengashi a’zosi polkovnik T.Shukurovning tabrik so‘zlari bilan davom etdi.

Bayram tadbirida fidokorona xizmatlari uchun 99750 hamda 99150-sonli harbiy qismning bir guruh xizmatchilari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi munosabati bilan tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Шунингдек, тадбир давомида мажмуада узоқ йиллардан буён самарали меҳнат қилиб келаётган бир гуруҳ Афғон уруши қатнашчилари ва ҳарбийлар Шўртан газ кимё мажмуаси маъмурияти ва Касаба уюшма қўмитаси томонидан пул мукофоти ва қимматбаҳо эсдалик совғалари билан ҳам тақдирланди.

Тадбир нафақат яхши фикрлар, тилаклардан балки, қувноқ ва шўх куй-қўшиқларга бой ўтди. Аввало ҳарбийча садолар остида янграган қўшиқларга ҳамоҳанг тарзда давом этган тароналар иштирокчиларга кўтаринки кайфият бағишлади.

Байрам тадбири давомида 99750 харбий қисм фахрий қоровул бўлинмаси томонидан махсус саф элементларининг моҳирона намойиши иштирокчиларга ўзгача ғурур ва завқ бағишлади.

«Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|