"O‘zbekneftgaz" AJ Sanoat va ekologiya xavfsizligi, sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi departamenti tomonidan 2020 yil uchun texnik nazorat sohasidagi ishlab chiqilgan texnik ko‘rik reja-jadvallari bo‘yicha ishlarning bajarilishi Boshqaruv raisining nazoratiga olingan.

Muntazam ravishda boshqarmalarda foydalanilayotgan texnologik uskunalardan xavfsiz foydalanish va soz holatini ta’minlash uchun mas’ul shaxslar tayinlangan bo‘lib, ular tomonidan nazoratga olish ishlari bajarib kelinmoqda.

"O‘zbekneftgaz" AJ tizimidagi xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi texnologik uskuna va jihozlarning soni 17 536 tani tashkil etadi.

"O‘zbekneftgaz" AJ tizimidagi boshqarma va korxonalarda 2020 yil yanvar–sentyabr oylari davomida 1 470 ta texnologik uskunalar texnik diagnostikadan va 3 612 ta texnologik uskunalar texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatidan

 

 

www.sgcc.uz