Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi hamda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti bilan hamkorlikda oliygohning Neft va gaz fakultetida tahsil olayotgan talabalarni nazariy hamda amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida majmuada qisqa muddatli ekskursiyalar tashkil etildi.

Tashkil etilgan ekskursiya davomida korxonaning malakali mutahassislari hamrohligida talabalar Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining ishlab chiqarish jarayonlari va texnologik qurilmalar bilan yaqindan tanishishdi.

O‘z o‘rnida talabalar majmuaning ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish jarayonida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 15 fevral kuni “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ Bosh direktori, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining faxriy professori Shuhrat Aslanov Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutiga tashrif buyurib, institutning bitiruvchi talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazgan edi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz