O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 yanvardagi "Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi PQ-5-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda “Agrobank” ATB boshqaruvi xodimlaridan iborat ishchi guruh "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ ga qarashli "Qarshitermoplast" sexida bo‘lishdi.
Dastlab, ishchi guruh a’zolari "Qarshitermoplast" sexining ishlab chiqarish imkoniyatlari, mahsulotlar turlari va hozirgi kunda omborda mavjud polietilen mahsulotlari holati bilan tanishdilar.
Shuningdek, "Qarshitermoplast" sexida ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan polietilen mahsulotlarini, mahalliylashtirish dasturi orqali ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida majmua mutaxassislari tomonidan ma’lumotlar berildi.
Shundan so‘ng, majmua Suvni tejovchi texnologiyalarni loyihalash va joriy etish xizmatining malakali mutaxassislari bilan, Klaster va fermer xo‘jaliklarda suvni tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyiha va smeta hujjatlarni tayyorlash va texnologiyalarini qurib berish imkoniyatlari borasida muzokaralar olib borildi.
Ma’lumot uchun, "Qarshitermoplast" sexida polietilen quvurlar, ulovchi qismlar ko‘rinishidagi fitinglar, hajmi 10 litr bo‘lgan kanistrlar, xo‘jalik yashiklari, alyumokompozit panellar, tomchilab sug‘orish tizimi detallari kabi polietilen mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati