2024 yilning 22-23 oktyabr kunlari "Central Asia Certification" MCHJning xalqaro auditorlari tomonidan "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda joriy qilingan Korrupsiyaga qarshi kurashishni boshqarish tizimi ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga mosligi bo‘yicha kuzatuv auditi o‘tkazildi.

Audit davomida "Central Asia Certification" MCHJ auditorlari jamoasi tomonidan majmuada korrupsion xavflar va ularni boshqarish, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar nazoratdan o‘tkazildi.

Kuzatuv auditi yakunlari bo‘yicha auditorlar tomonidan korxonada korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar yuqori baholandi va boshqaruv tizimining faoliyati a’lo darajada deb topildi.

Audit yakunida o‘tkazilgan yig‘ilishda auditorlar tomonidan korxonada tekshiruvlar davomida nomuvofiqliklar aniqlanmagani alohida ta’kidlab o‘tildi hamda “Shurtan GKM” MCHJga taqdim qilingan sertifikatning amal qilish muddati yana bir yilga uzaytirilishi tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun: ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi” xalqaro standarti – korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratishga va korrupsiya xavfini minimallashtirishga xizmat qiladi.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati