O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi PQ-309-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, Toshkent shahrida joylashgan Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hamda G‘uzor tumani 68-son davlat ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari uchun reja-jadvalga asosan joriy yilning 22-23-noyabr kunlari “O‘zbekneftgaz” AJning boshqarmalari va zavodlariga ekskursiyalar tashkil etildi.

Ekskursiya doirasida o‘quvchi yoshlar "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJning ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishuv davomida yoshlarga korxonaning malakali mutaxassislari hamrohlik qilishdi va yoshlarga majmua faoliyati haqida batafsil ma'lumotlar berishdi.

Majmuadagi yuqori texnologiyalarga asoslangan qurilmalar va uskunalar yoshlarda katta qiziqishlar uyg‘otdi va ular o‘zlariga hamrohlik qilayotgan mutaxassislarimizdan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olishdi.

Bu kabi ekskursiyalar nafaqat barcha o‘quvchilarda katta taassurot qoldirmoqda, balki zavod va maktablar orasidagi hamkorlikni davom ettirish borasidagi navbatdagi katta qadam bo‘lmoqda.

O‘qish va amaliyotning uyg‘unligi albatta kelajak avlod uchun, ularning ishonchli kelajagi uchun yaxshi poydevor vazifasini bajaradi. Bu amaliyotning "O‘zbekneftegaz" AJ tomonidan qo‘llab quvvatlanishi esa neft va gaz sohasida yetuk kadrlarni yetishtirib chiqarishda katta hissa qo‘shishi tayin.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz