O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq ko‘mitasi tomonidan e’lon qilingan rasmiy hisobotlarga ko‘ra, "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ 2023-yil yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqarish sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan top-20 korxonalar ro‘yxatidan joy oldi.
2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Korxona tomonidan davlat budjetiga 739,5 mlrd. so‘m miqdoridagi soliq to‘lovlari amalga oshirilgan bo‘lib, 20 ta korxona orasida 7-o‘rinda qayd etildi.
Ma’lumot uchun, majmuada 2023-yil davomida 4 mlrd 151 mln m³ xom-ashyo gazini (rejaga nisbatan 103,6 foiz) chuqur qayta ishlash orqali, 3 mlrd 480 mln m³ tozalangan tabiiy gaz (rejaga nisbatan 103,1 foiz), 103,5 ming tonna gaz kondensati (rejaga nisbatan 108,4 foiz), 117,9 ming tonna suyultirilgan gaz (rejaga nisbatan 110,2 foiz), 908 tonna oltingugurt (rejaga nisbatan 113,5 foiz)va 131,9 ming tonna polietilen (rejaga nisbatan 105,5 foiz) mahsulotlari ishlab chiqarildi va majmua ishlab chiqarish reja ko‘rsatkichlari ortig‘i bilan bajarildi;
Shuningdek, 128.32 ming tonna polietilen mahsuloti (rejaga nisbatan 109.7%), 117.06 ming tonna suyultirilgan gaz (rejaga nisbatan 102.7%) sotildi. Shu bilan birga aholi maishiy ehtiyojlari uchun yil davomida 112.57 ming tonna suyultirilgan gaz mahsuloti yetkazib berildi.
Bundan tashqari, 4.48 ming tonna suyultirilgan gaz va 655 tonna oltingugurt mahsuloti birja savdolari orqali realizatsiya qilindi, 895481 p.m. har xil diametrdagi polietilen quvur mahsulotlari, 14034 dona fitinglar, 888600 p.m. tomchilatib sug‘orish tizimi shlanglari (va detallari), 14135 kv.m alyumin kompozit panellar, jami 11547 dona polietilen yashiklar va kanistralar iste’molchilarga yetkazib berildi.
«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati