Shoʼrtan gaz kimyo majmuasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash hamda ishchi-xodimlar oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, ularning jismonan va ruhan tetik boʼlishlarini taʼminlash maqsadida oʼtkazilayotgan onlayn tezkor shaxmat musobaqasi davom etmoqda.

Shaxmatning "Blitz" yo‘nalishi boʼyicha onlayn tarzda oʼtkazilayotgan musobaqada majmuaning sex, bo‘lim, xizmat va tarmoqlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan 30 nafar ishchi-xodimlar oʼzaro bellashmoqdalar.

Musobaqa umumiy 29 turdan iborat bo'lib, har bir ishtirokchi musobaqa ishtirokchilari bilan bir martadan oʼyin o'tkazib chiqadi va to'plangan ochkolar natijasiga ko'ra g'olib va sovrindorlar aniqlanadi.

Hozirga kelib musobaqaning 15 turi ortda qoldi va turnir jadvali quyidagicha ko'rinish olgan:

Ma'lumot uchun, joriy yilning 14-mart kuni Shaxmat onlayn biznes ligasi doirasida "Kimyo va neftkimyo Kubogi-2021" I Xalqaro onlayn shaxmat turnirida ham Shoʼrtan gaz kimyo majmuasining 3 nafar xodimi ishtirok etgan edi.

izoh: Shaxmatning "Blitz" yo'nalishi tezkor tarzda bo'lib har bir ishtirokchiga 3 daqiqadan vaqt ajratiladi va har bir harakat (ход) uchun qo'shimcha 2 soniya qo'shib beriladi.

"Sho'rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz