Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining "Ishchilar shaharchasi"da "Navro‘zing muborak, jonajon Vatan!" deb nomlangan Navro‘z sayli bo‘lib o‘tdi.

Bahoriy kuylar sadosi ostida boshlangan tadbirda Majmua Bosh direktori Shuxrat Aslanov so‘zga chiqib, majmua ishchi-xodimlarini ayyom bilan qutladi.

"Yil boshi hisoblangan Navro‘zning yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va bunyodkorlik, xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash borasida o‘rni beqiyosdir. Bugungi kunda majmua oldiga qo‘yilgan ulkan maqsad va vazifalarni mana shunday hamjihatlikda bir jamoa bo‘lib amalga oshirishimizga ishonaman. Navro‘z ayyomingiz muborak bo‘lsin azizlar!", — deydi Sh.Aslanov o‘z nutqida.

Marafon tarzida o‘tkazilgan mazkur bayram tadbirida bahoriy-milliy taomlar tayyorlanib, majmua ishchi-xodimlarining badiiy sahna ko‘rinishlari va kuy qo‘shiqlar bilan davom etdi.

Tadbirda majmuaning badiiy havaskorlari tomonidan asosiy ishdan ajralmagan holda tayyorlanib namoyish etilayotgan badiiy va hajviy sahna ko‘rinishlari, qo‘shiq va kuylar, raqs hamda o‘zlarining ijod namunalari tomoshabinlarning e’tirofi va olqishlari bilan qarshi olindi.

Navro‘z sayli marafonida majmua xotin-qizlari o‘rtasida "Qizlar davrasi" bellashuvi ham bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda majmua tasarrufidagi "Erkatoy" MTT ning "Erkatoy" jamoasi, Maishiy xo‘jalik xizmatining "Ko‘klamoyim" jamoasi, Ko‘kalamzorlashtirish tarmog‘ining "Nafosat" jamoasi va Uy-joydan foydalanish xizmatining "Orasta qizlar" jamoasi qizlari o‘zaro bellashdilar. 

Bellashuvning 1-shartida jamoalar o‘zlarini she’riy ta’riflab tanishtirishgan bo‘lsa, 2-shartda qizlarimiz “Bo‘ldiradigan ham xotin, o‘ldiradigan ham xotin” mavzusidagi hajviy sahna ko‘rinishlarini taqdim etishdi. 

3-shartda qizlar, xalqimizning sevimli milliy taomi bo‘lmish palovxonto‘ra tayyorlash bo‘yicha "Oshmisan, osh!" bellashuvida o‘zlarining mahoratlarini namoyish etishdi.

Qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘lgan ushbu bellashuvda "Erkatoy" hamda "Orasta qizlar" jamoalari 71 ball to‘plagan holda yetakchilikni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, "Ko‘klamoyim" jamoasi 67 ball hamda "Nafosat" jamoasi esa 64 ballni qo‘lga kiritishdi.

Bellashuvni chetdan kuzatib turgan yigitlarimiz osh tayyorlashda qizlarimizdan qolishmasliklarini, hattoki ulardan ham zo‘r osh tayyorlay olishlarini aytishib, bellashuv tugagach qozonlarni ularga bo‘shatib berishlarini so‘rashdi. 

Shundan so‘ng, majmuaning "Ichki suv ta’minoti" sexi, "Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika" sexi, "Qarshitermoplast" sexi, Oqova suvlarni tozalash" hamda "Elektr ta’minoti" sexlari jamoalari "Oshmisan, osh" bellashuvini yangicha kayfiyatda, o‘zgacha shijoat bilan boshlashdi.

Osh chempionatiga aylangan bellashuvda Komissiya a’zolari tomonidan osh tayyorlash mahoratining bir qator parametrlariga asoslanib berilgan xulosalariga ko‘ra "Ichki suv ta’minoti" sexi jamoasi 44 ball bilan 1-o‘rin, "Elektr ta’minoti" sexi jamoasi 40 ball bilan 2-o‘rin, "Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika" sexi jamoasi 38 ball bilan 3-o‘rin sohiblariga aylanishgan bo‘lsa, "Oqova suvlarni tozalash" sexi 36 ball hamda "Qarshitermoplast" sexi jamoasi 33 ball to‘plashib yetakchilik qilgan jamoalardan kichik farq bilan ortda qolgan holda to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni egallashdi.

Osh chempionati so‘nggida, faol ishtirok etgan ishchi-xodimlarga majmua ma’muriyati hamda kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, tadbir davomida "Qizlar davrasi" hamda "Osh chempionati" bilan bir vaqtda majmua ishchi-xodimlari o‘rtasida "Alpomish va Barchinoy izdoshlari" shiori ostida arqon tortish, tosh ko‘tarish, armrestling, "Qarabtep" (lanka), halqa aylantirish, darts, qo‘l bilak, yelka jangi, varrak uchirish hamda arqondan sakrash kabi milliy va zamonaviy sport o‘yinlari bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Bellashuvlarda majmuaning deyarli barcha sex va tarmoqlaridan ishtirokchilar qatnashishdi.

Murosasiz bahslarga boy bo‘lgan ushbu bellashuv natijalari:

Darts bo‘yicha:

1-o‘rin Hazratqulov Muzaffar
Oqova suvlarni tozalash sexi xodimi;

2-o‘rin Olimov Bahodir
Ichki suv ta’minoti sexi xodimi;

3-o‘rin Hakimov Akmal
Elektr ta’minoti sexi xodimi.

"Qarabtep" (lanka) bo‘yicha:

1-o‘rin Nazarov Sayyod
Ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish loyihasi;

2-o‘rin Ergashev Ixtiyor
Ichki suv ta’minoti sexi xodimi;

3-o‘rin Xudoyqulov Rustam
Elektr ta’minoti sexi xodimi.

Varrak uchirish bo‘yicha:

1-o‘rin Ergashev Ixtiyor
Ichki suv ta’minoti sexi xodimi;

2-o‘rin Qaynarov Xusan
Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika sexi xodimi;

3-o‘rin Ravshanov Furqat
Ichki suv ta’minoti sexi xodimi.

Armrestling bo‘yicha:

1-o‘rin Abdullaev Sherzod
Ichki suv ta’minoti sexi xodimi;

2-o‘rin Niyozov Zarif
Elektr ta’minoti sexi xodimi;

3-o‘rin Abdullaev Arslon
Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika sexi xodimi.

Qo‘l bilagi bo‘yicha:

1-o‘rin Uzoqov Abror
Ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish loyihasi;

2-o‘rin Xudoyorov Oybek
Elektr ta’minoti sexi xodimi;

3-o‘rin Axmedov Jasur
Ichki suv ta’minoti sexi xodimi.

Yelka jangi bo‘yicha:

1-o‘rin Chorshanbiev Orif
Ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish loyihasi;

2-o‘rin Jonimqulov Asror
Ichki suv ta’minoti sexi xodimi;

3-o‘rin Abdullaev Sherzod
Ichki suv ta’minoti sexi xodimi.

Arqon tortish bo‘yicha jamoaviy natijalar:

1-o‘rin Ichki suv ta’minoti sexi jamoasi;

2-o‘rin Elektr ta’minoti sexi jamoasi;

3-o‘rin Ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish loyihasi jamoasi.

Halqa aylantirish bo‘yicha:

1-o‘rin Umbarov Rasul
Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika sexi xodimi;

2-o‘rin Ravshanov Furqat
Ichki suv ta’minoti sexi xodimi;

3-o‘rin Tilovov Elyor
Metrologiya xizmati xodimi.

Arqondan sakrash bo‘yicha:

1-o‘rin Jonimqulov Asror
Ichki suv ta’minoti sexi xodimi;

2-o‘rin Raimov Jonibek
Polietilen ishlab chiqarish sexi xodimi;

3-o‘rin Jo‘raev Abduvali
Ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish loyihasi.

Tosh ko‘tarish bo‘yicha:

1-o‘rin Axmedov Jasur
Ichki suv ta’minoti sexi xodimi;

2-o‘rin Abdiev A’zamjon
Ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish loyihasi;

3-o‘rin Abdullaev Arslon
Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika sexi xodimi.

Bellashuvlarning umumiy natijalari bo‘yicha majmuaning Ichki suv ta’minoti sexi jamoasi yetakchilik qilishgan bo‘lsa, bellashuvlarda ishtirok etgan jamoalar va ishtirokchilar tomonidan "Eng faxriy ishtirokchi" sifatida Abdiev A’zamjon e’tirof etildi.

Bellashuvlarda faxrli o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar va jamoalarga Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz