Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining faollar zalida "Breyn-ring" intellektual shousining birinchi bellashuvi Avtotransport ta’minoti xizmatining "Transportchilar", Zavod markaziy laboratoriyasining "Kimyogarlar" Polietilen ishlab chiqarish tsexining "UzClear" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

3 raund davom etgan mazkur intellektual shou natijalariga ko‘ra Transportchilar jamoasi 5 ball bilan dastlabki bellashuv g‘olibiga aylanishdi.

"BREYN RING" intellektual shousining dastlabki bellashuvi natijalari:

Qiziqarli bahs munozaralarga boy bo‘lgan mazkur intellektual bellashuvda tomoshabinlar bilan ham "o‘yin ichida o‘yin" o‘tkazilib, boshlovchi tomonidan berilgan intellektual savollarga aniq va to‘g‘ri javob bergan faol ishtirokchilarga Kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, hay’at a’zolari tomonidan intellektual shousining dastlabki bellashuvining eng yaxshi o‘yinchisi sifatida "Transportchilar" jamoasi a’zosi Shaxlo Azimova hamda bellashuvning eng yosh ishtirokchisi sifatida Akbarali Rasulovlar e’tirof etildi va majmua ma’muriyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz