Joriy yilning 1-3 iyul kunlari SNAS (Slovakiya) kompaniyasi tomonidan, yangi versiyadagi ISO/IEC 17025:2017 Xalqaro standarti asosida distantsion ko‘rinishda "Nazorat auditi" o‘tkazildi.
Audit natijasi bo‘yicha laboratoriya faoliyati ijobiy baholandi. Ushbu natija bo‘yicha SNAS kompaniyasi tomonidan ShGKM Markaziy laboratoriyasiga "SERTIFIKAT" berildi.
Ma’lumot uchun, ISO/IEC 17025:2017 standarti bo‘yicha "O‘ZBEKNEFTGAZ" AJ tarkibidagi "Uz-Kor Gas Chemical" hamda "Sho‘rtan GKM" korxonalaridagi laboratoriyalar akkreditatsiya qilindi.
"Sho'rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ