“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ, Yoshlar ishlari agentligi hamda tuman Mudofaa bo‘limi bilan hamkorligida "Men g‘olib" shiori ostida uyushmagan yoshlar o‘rtasida "Mudofaa vaziri kubogi" uchun sport musobaqalari tashkil etildi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJga qarashli "Ishchilar shaharchasi"da tashkil etilgan musobaqada harbiy xizmatchilar hamda 100 nafardan ortiq uyushmagan yoshlar ishtirok etib, sportning “Milliy kurash” va “Tosh ko‘tarish” turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

So‘ng, "Sho‘rtan GKM" MCHJ "Ishchilar shaharchasi"dagi 99750-harbiy qism xizmatchilari qurol aslahalari namoyishi va qism xizmatchilarining ko‘rgazmali chiqishlari bilan davom etdi.

Musobaqadan so‘ng, "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ rahbariyati, Mudofaa vazirligi vakili va uyushmagan yoshlar milliy armiyamizning zamonaviy harbiy qurol va texnikalari bilan yaqindan tanishishdi.

Tadbir so‘nggida, g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon ijrosini ta’minlash, uyushmagan yoshlarni ommaviy sportga jalb qilish va vatanparvarlik tuyg‘usini oshirishdan iboratdir.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz