"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ ning 2019 yil 25 oktabrda tasdiqlangan "Boshqaruv apparati muhandis-texnik xodimlari va bosh mutaxassislar hamda sex, tarmoq, xizmat va bo‘lim boshliqlari va mutaxassislarini bilim sinovlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish" to‘g‘risidagi Nizomiga muvofiq, shuningdek 05.01.2023 yilda o‘tkazilgan Boshqaruv apparati yig‘ilishi bayonnomasi ijrosini ta’minlash hamda majmua muhandis-texnik xodimlari, mutaxassislari mehnatining samaradorligini oshirish va kasbiy malakalarini baholash, bajarib turgan vazifasi (lavozimi) ga layoqatliligini aniqlash maqsadida 2023 yil 9 fevral kunidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq navbatdan tashqari attestatsiya o‘tkazilmoqda.

Attestatsiya imtihonlari joriy yilning 13 aprel kunigacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida tayinlangan komissiya a’zolari orqali 7 guruhga bo‘lingan holda o‘tkazilmoqda. Bugungi kungacha majmuaning jami 313 nafar muhandis-texnik xodimlari va mutaxassislari attestatsiyadan o‘tkazildi.

Majmua xodimlarini navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazishdan asosiy ko‘zlangan maqsad, ularning o‘z kasbiga munosibligi darajasini xolisona baholash, belgilangan malaka talablariga muvofiqligini, zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish imkoniyati mavjudligini aniqlash hamda bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgandir.

«Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati
|web-sayt|telegram|YouTube|