Avval, xabar berilganidek, "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda qisqa muddatli joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Ushbu jarayonda, majmua bo‘limlari o‘z xizmat vazifalariga sidqidildan yondoshgan holda, yo‘nalishlar kesimida ishlarni uyushqoqlik bilan tashkil etishdi.

Xususan, sanoat xavfsizligi va texnik nazorat xizmati O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 28-sentyabrdagi "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida"gi № 57 Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 10 dekabrdagi № 271-sonli Qarori asosida, 2016 yilda "Neftgazme’yor" MChJ ekspert tashkiloti tomonidan majmuaning sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu deklaratsiya talablariga tayangan xizmat xodimlari tomonidan texnologik uskunalar va jihozlarning texnik holati va ishlatilish jarayonini o‘rganilishi davomida 137 dona bosim ostida ishlovchi idishlar texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

244 ta texnalogik quvurlar davriy ko‘rikdan, 106 ta quvur saqlovchi klapanlar sinovlaridan, 104 ta quvur suv bilan sinovdan o‘tkazildi. Himoyalovchi klapanlar bo‘yicha esa, texnologik qurilmalardagi 106 dona himoyalovchi klapanlar tekshirilib, tarirovka qilindi va joyiga o‘rnatildi. 188 ta konteyner-sisterna, 137 ta bosim ostida ishlovchi idishlar texnik diagnostikadan o‘tkazildi va xulosalar berildi.

Umumiy qilib aytganda joriy ta’mirlash ishlari jarayonida sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi me’yorlariga rioya etilishi ta’minlandi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz