2021-yilning 18-iyun kuni "O‘zbekneftgaz" AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev tomonidan Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bog‘ida samarqandlik yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilgan edi.

Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan uchrashuvda Samarqandlik yoshlar tomonidan bir qator taklif va murojaatlar hamda tizimda mehnat faoliyatini olib borayotgan yoshlar bilan fikr almashish va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish istagi bildirilgan edi.

O‘tkazilgan ochiq muloqot davomida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarni inobatga olgan holda “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullaev tashabbusi bilan Samarqandlik yoshlar Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

 

Tanishuv davomida yoshlarga korxonaning malakali mutaxassislari hamrohlik qilishdi va majmua faoliyati haqida to‘liq ma’lumotlar berildi.

 

Shuningdek, Samarqandlik yoshlar hozirda majmuada amalga oshirilayotgan "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish" investitsiya loyihasi bilan ham yaqindan tanishishdi.

 

Ushbu investitsion loyiha yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi va o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olishdi.

Ma’lumot uchun, mazkur investitsion loyiha asosida GTL zavodida ishlab chiqariladigan naftani qayta ishlab Sho‘rtan gaz kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvati 125 ming tonnadan 505 ming tonnagacha oshiriladi va yangi turdagi polietilen va polipropilen ishlab chiqariladi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz