"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda ishchi-xodimlarning bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli va mazmunli o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish maqsadida tashkil etilgan “Quvnoqlar va Zukkolar” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichi B-guruh bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida majmuaning telegramdagi yoshlar kanali orqali o‘tkazilgan #Men_sevgan_g‘azal chellenji g‘oliblarini taqdirlash marosimi tashkil etildi.
Ko‘rik-tanlov Mir Alisher Navoiyning 582 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan, majmuada faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar va ularning farzandlari o‘rtasida o‘tkazilgan bo‘lib, tanlov shartlariga asosan quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi:
Navoiyxonlik yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin - Ergasheva Soliha Umar qizi;
2-o‘rin -  Xolboyev Shokir Hamid o‘g‘li;
3-o‘rin - Mutalova Afruza Elbekovna.


Boburxonlik yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin - Jononova Gavhar, Jononova Sevara, Jononova Farzona;
2-o‘rin - Nomozov Firdavs, Nomozova Kumushxon, Nomozova Malika;
3-o‘rin - Raxmonova Dilrabo.


G‘oliblarga majmua ma’muriyati hamda kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.

Shundan so‘ng "Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik-tanlovining "B" guruh bellashuviga start berildi. 

Bellashuvda majmua Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish sexi va Metrologiya xizmatining birlashgan  "AFANDINING JIYANLARI", Zavod markaziy laboratoriyasining "ULFATLAR" hamda Majmua xotin-qizlaridan tashkil topgan "QUVNOQ QIZLAR" jamoalari ishtirok etishdi.


Ishtirok etgan jamoalar ko‘rik-tanlov Nizomiga muvofiq to‘rtta shart bo‘yicha o‘zaro bellashishdi va shart mezonlari asosida hakamlar hay’ati tomonidan baholanib borildi.

Shartlar yakuniga ko‘ra Majmua xotin-qizlaridan tashkil topgan "QUVNOQ QIZLAR" jamoasi B-guruh bellashuvida eng yuqori ochko to‘plab g‘oliblikni qo‘lga kiritgani holda keyingi bosqichga yo‘l oldi.  Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish sexi va Metrologiya xizmatining "AFANDINING JIYANLARI" jamoasi ikkinchi, Zavod markaziy laboratoriyasining "ULFATLAR" jamoasi uchinchi o‘ringa egalik qildilar.

“Quvnoqlar va Zukkolar” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichi "B" guruhi bellashuvi natijalari: 
"QUVNOQ QIZLAR" jamoasi 100 ball;
"AFANDINING JIYANLARI" jamoasi 91 ball;
"ULFATLAR" jamoasi 84 ball.

Tanlov yakunida ishtirok etgan jamoa a’zolariga majmua ma’muriyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.


#fotolavhalar

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati