O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil Qashqadaryoga safari chog‘ida viloyatdagi ishsizlar va yoshlarni kasb-hunarga o‘qitishning mutlaqo yangi tizimi joriy etilishini va kasb-hunarga o‘qitish ishlariga “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi berilgan topshiriq va ko‘rsatmalari asosida «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor hamda Dehqonobod tumanlarida aholining ishsiz va ish qidirayotgan qatlamini kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilgan edi.
Birgina Dehqonobod tumanida tashkil etilgan kasb-hunarga o‘qitish markazida kompyuter, IT, veb-sayt yaratish yo‘nalishi, tikuvchilik, elektrik, payvandlovchi, oshpaz-qandolatchi, qishloq xo‘jaligi mexanizatori, metallarga ishlov beruvchi (tokar) mutaxassisliklar yo‘nalishlari tashkil etilib, unda 200 ga yaqin fuqarolar 3-4 oylik qisqa muddatli o‘quv kurslarida tayyorlandi.
Ushbu kurslarni dastlabki bitiruvchilariga o‘zlarini band qilishlari uchun "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ tomonidan ularning yangi egallagan kasblarida asqotadigan ish qurollari, payvanchilik uskunalari va suv nasoslari to‘plamlarini topshirishdi.
"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ
Matbuot xizmati