Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi tasarrufidagi "Geolog" o‘yingohida "O‘zbekneftgaz Chempionati-2021" doirasida bo‘lib o‘tayotgan futbol musobaqasining "E" guruhida I davra o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi.
Chempionatning "E" guruhidan "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ, "Uzbekistan GTL" MChJ, "Gissarneftgaz" QK MChJ, Ochiq favvoralarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston harbiylashgan qismi, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi hamda "Qarshi neft baza" MChJ jamoalari joy olgan bo‘lib, jamoalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘yinlar murosasiz bahslarga boy bo‘ldi.
Mazkur guruh doirasida bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ jamoasi 13 ochko to‘plagan holda yaqqol peshqadamlikni qo‘lga kiritdi.
"O‘zbekneftgaz Chempionati-2021" futbol musobaqasi doirasida "E" guruhidagi natijalar:
"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ Matbuot xizmati