“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari tabiiy gazni qayta ishlash, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar holatini o‘rganish maqsadida Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida bo‘lishdi.
Boshqaruv raisi majmuadagi ishlab chiqarish jarayonlari, olib borilayotgan istiqbolli loyihalar hamda qurilish montaj ishlari bilan tanishdi.
Shuningdek, tashrif davomida "Ishchi guruh" a’zolari majmuadagi Etilen ishlab chiqarish sexining piroliz pechida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan joyida tanishdi. Ta’kidlash kerakki, ushbu piroliz pechlarining yuqori haroratga chidamli maxsus radiant quvurlari majmuada etilen ishlab chiqarish sexining asosiy texnik resurslaridan hisoblanadi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Sho‘rtan gaz kimyo majmuasiga qilgan tashrifi davomida korxona rahbariyati, mutaxassislari bilan uchrashib, zavoddagi holatni o‘rgandi. Zavodning 2022-yildagi ishlab chiqarish va moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga oid asosiy masalalar muhokama etildi.
“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ
Matbuot xizmati