"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” deb nomlangan Navro‘z sayli bo‘lib o‘tdi.

Sayl ko‘rinishida kun davomida bo‘lib o‘tgan tadbirda turli madaniy-ma’rifiy chiqishlar va sport musobaqalari ishchi-xodimlarga rostmanasiga madaniy hordiq chiqarish imkonini yaratdi.

Navro‘z bayrami erta sahardan majmuaning faol xotin-qizlari tomonidan milliy va qadimiy taomlarimizdan biri bo‘lgan halim pishirish tadbiri bilan boshlanib, Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi chiqishlari, majmua ijodkor xotin-qizlar uyushmasi a’zolari tomonidan aytilgan she’r va qo‘shiqlar, Momolarim merosi milliy liboslar ko‘rgazmasi, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Maxmud Nomozov ijrosida konsert dasturi hamda taniqli so‘z ustalari Avaz Ohun va Dilshodbek Mirzamaxmudovlar tomonidan aytilgan hazil-mutoyibalar bilan davom etdi.

Shuningdek, tadbir davomida milliy kurash, arqon tortish, tosh ko‘tarish, varrak uchirish bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Musobaqalar natijasida quyidagi polvonlar va jamoalar yuqori shohsupalarni band qilishdi:
Milliy kurash bo‘yicha:
40 yoshgacha bo‘lgan ishchi-xodimlar o‘rtasida 81 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida:
1-o‘rin - D.Aliyev (Elektr ta’minoti sexi);
2-o‘rin - N.Muborakov (Elektr ta’minoti sexi);
3-o‘rin - Sh.Shermurodov (Qorovullik qo‘riqlash xizmati).
40 yoshgacha bo‘lgan ishchi-xodimlar o‘rtasida 81 kg dan yuqori bo‘lgan vazn toifasida:
1-o‘rin - U.Maxmaraimov (Etilen ishlab chiqarish sexi);
2-o‘rin - Sh.Alponov ("Qarshitermoplast" sexi);
3-o‘rin - Z.Niyozov (Elektr ta’minoti sexi).
40 yoshdan katta bo‘lgan ishchi-xodimlar o‘rtasida mutloq vazn toifasida:
1-o‘rin - E.Chorshanbiyev (Tashqi suv ta’minoti sexi);
2-o‘rin - L.Jo‘rayev (Omborlarni boshqarish xizmati);
3-o‘rin - Sh.Abdullayev (Tashqi suv ta’minoti sexi).

Tosh ko‘tarish bo‘yicha:
1-o‘rin - J.Axmedov (Ichki suv ta’minoti sexi)

Varrak uchirish bo‘yicha:
1-o‘rin - E.Aliyev (Avtotransport bilan ta’minlash xizmati)

Arqon tortish bo‘yicha:
Erkaklar o‘rtasida:
"Qarshitermoplast" sexi jamoasi
Ayollar o‘rtasida:
"Geolog" M va SSM jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tadbir mehmonlari va majmua ishchi-xodimlari uchun Navro‘z bayrami osh dasturxoni tayyorlandi va majmuaning Umumiy ovqatlanish sexi oshpazlari tomonidan tayyorlangan tansiq taomlar barcha ishtirokchilar uchun manzur bo‘ldi.

Shuningdek, tadbir doirasida, Dilshodbek Mirzamaxmudov ishtirokida majmua xodimlari o‘rtasida “Qiziqarli bellashuvlar shousi” bo‘lib o‘tdi.

Qolaversa, tadbir doirasida Hunarmandlar ko‘rgazmasi va yarmarkalari tashkil etilib, saylning rosmana bayramona ruhda, unutilmas xotiralar bilan o‘tishiga xizmat qildi.

Tadbir yakunida majmuada Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan barcha sport musobaqalarining g‘olib va sovrindorlariga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati