Uzoq yillar davomida "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJning ishlab chiqarish hamda ijtimoiy va iqtisodiy hayotida samarali mehnat qilib, o‘chmas nom qoldirgan marhum Norchayev Akrom Xursanovich va Muxametshin Marat Sergeyevich xotirasiga bag‘ishlab, majmuada har yili an’anaviy tarzda 40 yoshdan kattalar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha xotira turniri o‘tkazilib kelinmoqda.

Mazkur turnirining 2024-yilgi musobaqasi sentyabr oyida o‘tkazilib, unda majmuaning turli xil sex, tarmoq, xizmat va bo‘limlaridan tashkil topgan 12 ta jamoa 2 guruhga bo‘lingan holda ishtirok etishdi.

Qizg‘in kurashlar ostida o‘tkazilgan musobaqada majmua boshqaruv apparatining "AUP" jamoasi birinchi o‘rinni, Etilen ishlab chiqarish sexining "ETILEN" jamoasi ikkinchi o‘rinni, "Qarshitermoplast" sexining "TERMOPLAST" jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladilar.

Musobaqa yakuniga bag‘ishlangan tadbirda "Shurtan GKM" MCHJ Bosh direktori Shuxrat Aslanov so‘zga chiqib, Akrom Xursanovich va Marat Sergeyevich bilan birga ishlagan vaqtlarini eslab, ular xotirasiga iliq fikrlar bildirdi. 
Musobaqa ko‘tarinki ruhda o‘tganligini alohida ta’kidlab o‘tgani holda ushbu turnirda ishtirok etgan va tashkiliy ishlarda ko‘maklashgan barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.

Tadbir yakunida majmua ma’muriyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan g‘olib va sovrindorlarga tashakkurnoma va pul mukofotlari topshirildi.

Shuningdek ushbu musobaqada bir qancha nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar ham taqdirlandilar:

Turnirning eng yaxshi darvozaboni - NOMOZOV UMID - "AUP" jamoasi;

Turnirning eng yaxshi himoyachisi - BO‘RIYEV BAXTIYOR - "ENERGETIK" jamoasi;

Turnirning eng yaxshi hujumchisi - SAIDQULOV JAMSHID - "TERMOPLAST" jamoasi;

Turnirning eng yaxshi o‘yinchisi - QURBONOV ABROR - "ETILEN" jamoasi;

Turnir to‘purari - JABBOROV XURSHID - "AUP" jamoasi;

Muxlislar darvozaboni - KOMILOV HUSNIDDIN - "ENERGY" jamoasi;

Mustahkam himoya qo‘rg‘oni - DUSMURODOV LUTFULLA - "AUP" jamoasi;

Ishonchli yarim himoya - RO‘ZIYEV BЕKTЕMIR - "TERMOPLAST" jamoasi;

Eng xavfli hujumchi - ISMOILOV SHAVKAT - "AVTOTRANSPORT" jamoasi;

Eng tinib tinchimas hujumchi - QULDOSHЕV ShЕRALI - "ETILEN" jamoasi;

Turnir faxriysi - URINOV CHORI - "ENERGETIK" jamoasi;

Turnir kashfiyoti - JURAYEV LAZIZ - "SHGKM CITY" jamoasi;

Muxlislar yoqimtoyi - BOZOROV SHAVKAT - "UZCLEAR" jamoasi.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati