"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ Bosh direktori Shuxrat Aslanov majmua hududidagi "Xalq qabulxonasi" binosida qabul o‘tkazdi.

Majmuada mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoit yaratish, ularning taklif va murojaatlarini tinglash maqsadida tashkil etilgan qabulda 32 nafar xotin-qizlar ishtirok etishib, turli masalalarda murojaat qilishdi. Shundan, 12 ta murojaat joyida hal qilindi. 8 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlarni ijrosi bo‘yicha chora-tadbir belgilab olindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida majmuada "Rahbar va xotin-qizlar" o‘rtasida xotin-qizlar masalalariga doir uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi. Uchrashuvda majmua xotin-qizlari uchun alohida "Xotin-qizlar qabuli kuni" tashkil etilishi haqida ma’lum qilingan edi.

"Sho'rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ

 

 

www.sgcc.uz