O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 iyuldagi "Neft va gaz sohasida ta’lim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-309-sonli qarori ijrosini ta’minlash va neft va gaz sanoatini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, mazkur sohada ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida o‘zaro integratsiyani yo‘lga qo‘yish, kadrlarni o‘qitishning usul va shakllarini takomillashtirish orqali ta’lim sifatini hamda mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tatbiq qilish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ tizimiga qarashli korxona va tashkilotlarida amalga oshirilayotgan talabalarning amaliy o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda.

Navbatdagi amaliy darslar, "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda Toshkent kimyo-texnologiya institutining neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi, neft-gaz kimyo sanoati texnologiyasi, kimyoviy texnologiya (organik moddalar), kimyoviy va neft-gaz kimyoviy texnologiyalari, texnologik mashina va jihozlar kabi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan 40 nafar 4-bosqich talabalari va magistrantlari hamda 7 nafar professor-o‘qituvchilari uchun tashkil etildi.

Ushbu amaliyot davomida, majmuaning ko‘p yillik tajribaga ega ustoz xodimlari tomonidan, bo‘lajak mutaxassislarga majmua faoliyati haqida to‘liq ma’lumotlar berildi. Shuningdek talabalar majmuada ishlab chiqariladigan tayyor va yarim tayyor mahsulotlarini saqlash va tashish jarayonlari bilan tanishdilar.

Amaliy darslar talabalarga nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash, malakali mutaxassislar bilan birga ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etish va maksimal darajada real vaziyatga yaqinlashish, o‘z-o‘zini isloh etish, nazariy bilimlaridagi bo‘shliqlarni amaliyot yordamida to‘ldirish imkonini beradi.

«Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati
|web-sayt|telegram|YouTube|