Bo‘lajak kadrlarning bilimlarini ishlab chiqarish jarayonlaridagi texnika va texnologiyalar muhitida yanada mustahkamlash, o‘quv jarayoni sifatini oshirish maqsadida "O‘zbekneftgaz" AJ tizim korxonalari va Oliy ta’lim muassasalari hamkorligida tashkil etilayotgan amaliy o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda
Navbatdagi amaliy darslar Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining «Texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi 4-bosqich talabalari uchun «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MCHJning "Mexanik ta’mirlash" sexida tashkillashtirildi.
Ko‘p yillik tajribaga ega ustoz xodimlar bo‘lajak mutaxassislarni Mexanik ta’mirlash sexining ish faoliyati, ta’mirlash borasidagi zamonaviy jihozlar va ularning ishlash mexanizmlari bilan tanishtirishdi.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, 2022 yil boshidan, ayni kunlarga qadar majmuamizga Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining turli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan 120 dan oshiq bitiruvchi talabalar ekskursiya maqsadida tashrif buyurib, sohaga doir zamonaviy texnika va texnologiyalarning ishlash jarayonlarini kuzatib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga amaliyotchi mutaxassislardan kerakli javoblarni olishga muvaffaq bo‘lishdi.
«Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati
web-sayt|Telegram |YouTube