Majmua ishchi-xodimlarini bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli va mazmunli o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish maqsadida tashkil etilgan “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining yarim final doirasidagi so‘nggi bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Bellashuvda majmua tasarrufidagi "Qarshitermoplast" hamda Sex poliklinikaning "DINAMIT" jamoasi, Qorovullik qo‘riqlash xizmatining "QUVNOQ QO‘RIQCHILAR" hamda Etilen ishlab chiqarish sexining "TOG‘ALAR" jamoalari ishtirok etdi va jamoalar turli shartlar asosida o‘z bilim va mahorati, hozirjavobligi, intellektual salohiyatini namoyish etdi.

Hajviy sahna ko‘rinishlar bilan qatnashgan jamoalarning chiqishlari tomoshabinlarning olqishlari bilan qarshi olindi.

Jamiyat hayotida uchrab turadigan muammolar, kamchilik va nuqsonlarni hajviy janrlar orqali ko‘rsatib berishga qaratilgan ko‘rik-tanlovda kichik farq bilan "DINAMIT" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

"Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik tanlovida qatnashgan jamoa a’zolariga majmua ma’muriyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, bellashuvning eng yaxshi o‘yinchilari sifatida "Qarshitermoplast" sexining chilangari Shahzod To‘yev hamda Etilen ishlab chiqarish sexining mashinisti O‘ktam Qurbonovlar e’tirof etildi.

"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

 

 

www.sgcc.uz