Shurtan gaz kimyo majmuasida 2022–2023-yillar uchun kuz-qish mavsumida barqaror ish rejimini ta'minlash maqsadida tayyorgarlik ishlari amalga oshirilib, belgilangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- Tashqi suv ta'minoti sexiga qarashli 4 ta maishiy suv isitish qozonlari joriy ta'mirlandi;
- Bug‘gazhavo ta'minoti sexi Markaziy qozonxona qurilmasidagi sig‘imlar 6 ta hamda Ichki suv ta'minoti sexi Bosh binosidagi 7 ta sig‘imlar joriy ta'mirlandi.
- Sig‘imlarni tozalash bo‘yicha umumiy 117 ta sig‘im tozalangan bo‘lib, (shundan Tayyor mahsulotlar va xomashyo sexidagi sig‘imlar 110 tani, Tashqi suv ta'minoti sexi suv rezervuarlari 7 tani tashkil etdi);
- Elektr tarmoqlarini ta'mirlash bo‘yicha esa 9 ta transformator podstansiyalarida ta'mirlash ishlari olib borildi;
- Dizel elektr stansiyalarini 2 tasida ishchi holat o‘rganildi;
- Uzluksiz elektr ta'minoti manbalaridan (UPS) 1 tasini ishchi holatini tekshirildi;
- Zaxirani avtomatik ulash qurilmalarini 8 tasida ishchi holati o‘rganildi;
- Issiqlik tarmoqlarini umumiy 178 tasi izolyatsiya qilindi, shundan 138 tasi joriy ta'mirlandi;
- Suv tarmoqlarini ta'mirlash bo‘yicha umumiy 1744 metr quvur ta'mirlanib, shundan 1574 metr quvurlar joriy ta'mirlandi;
- 2 ta gaz taqsimlash punktlarini joriy ta'mirlandi;
Ta'mirlash jarayonida barcha moddiy-texnik resurslar va ehtiyot qismlar tayyor holatga keltirilgan bo‘lib, qurilmani sifatli ta'mirlash natijasida kuz-qish mavsumida to‘xtovsiz, barqaror ishlashini va belgilangan reja ko‘rsatgichlari bajarilishini ta'minlashga erishiladi.
"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati