So‘nggi yillarda "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda atrof muhitni muhofaza qilish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida majmua atrofida "Yashil belbog‘" yaratish, sanoat chiqindilardan ikkilamchi maqsadlarda foydalanish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holat sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Ushbu chora-tadbirlar doirasida, joriy yilning 12-mart kuni "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda Janubiy Koreyaning "GDM ECO" Co.Ltd. kompaniyasi ijrochi direktori Lee Jang Youl boshchiligidagi delegatsiya a’zolari va majmua vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida majmuaning Etilen ishlab chiqarish sexidagi Oltingugurt olish qurilmasi ish samaradorligini oshirish hamda Oqova suvlarni tozalash sexida tozalangan oqova suvlarni ikkilamchi maqsadda foydalanishga yo‘naltirish bo‘yicha "GDM ECO" kompaniyasi vakillari bilan o‘zaro fikrlar almashildi.
Ma’lumot uchun, Janubiy Koreyaning "GDM ECO" Co. Ltd. kompaniyasi Koreyada atmosfera va havoni ifloslantiruvchi moddalarni ushlab qoluvchi uskunalarni ishlab chiqarish, o‘rnatish, loyihalash va yer-suv resurslari hamda boshqa ekologiya va atrof muhit faoliyati bilan bog‘liq masalalar bilan shug‘ullanib keladi.
«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati