Joriy yilning 20 oktyabr kuni "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJda Zoom platformasi orqali O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda viloyat Ma’rifat targ‘ibotchilari jamiyati a’zosi Siroj Norqulov, Falsafa fanlari doktori - Saxodat Murtozova, O‘zbekneftgaz” AJ Xujjatlar bilan ishlash departamenti xodimlari va Yoshlar yetakchilari hamda "Sho‘rtan GKM" MChJning barcha bo‘lim va xizmatlari qatnashishdi.
− Til buyuk ne’matdir, har bir millat o‘z tilini e’zozlasa, qadrlasa, taraqqiyoti uchun jon kuydirsa, u til go‘zal, betakror va buyuk bo‘lib qolaveradi!
Onlayn seminar davomida Yurtboshimiz tomonidan “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilinib, unga binoan, 21 oktyabr sanasi O‘zbekistonda “O‘zbek tili bayrami kuni” deb belgilanganligi hamda o‘tgan davr mobaynida dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan ona tilimizga milliy merosimizning asoslaridan biri sifatida katta e’tibor qaratilgan holda uning mavqeini oshirish, sofligini saqlash, bu boradagi qonunchiligimizning ma’no-mazmunini yosh avlod ongiga singdirish yo‘lida ulkan ishlar amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Onlayn semenar yakunida ishtirokchilar tomonidan tegishli soha xodimlariga o‘zlarining qiziqtirgan savollarini berishdi va o‘z mulohaza va fikrlarini o‘rtoqlashishdi.
"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ