19-23-avgust kunlari “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda “Management Certification” MCHJ auditorlik kompaniyasi tomonidan, majmua Integratsiyalashgan boshqaruv tizimining "ISO 9001:2015", "ISO 14001:2015", "ISO 45001:2018" va "ISO 50001:2018" xalqaro standartlari talablariga mosligini tasdiqlash maqsadida qayta sertifikatlash auditi o‘tkazildi.
Audit davomida “Management Certification” MCHJ auditorlari jamoasi tomonidan majmuaning tarkibiy bo‘linmalarida joriy etilgan amaldagi hujjatlar va jarayonlar kuzatuvdan o‘tkazildi.
Audit davomida aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilib, tegishli tuzatishlar amalga oshirildi.
Audit yakunida o‘tkazilgan yig‘ilishda yetakchi auditor Bobur Israilov tomonidan majmuada o‘rnatilgan tizim haqqoniy ravishda Respublikaning yetakchilari qatoridan o‘rin egallaganini, mutaxassislarning malakasi va layoqati yuqori ekanligini, bu o‘z navbatida audit jarayonining o‘tkazilishida qiyinchiliklar yuzaga kelmasligida muhim o‘rin tutganligi e’tirof etildi.
Shuningdek, B.Israilov audit davomida qo‘pol xato va kamchiliklar aniqlanmagani alohida ta’kidlab, o‘zi va auditorlar jamoasi nomidan majmuada o‘rnatilgan tartibni yuqori baholab e’tirof etdi.
Yakunda auditorlarning xulosasiga ko‘ra “Shurtan GKM” MCHJ Integratsiyalashgan boshqaruv tizimining "ISO 9001:2015", "ISO 14001:2015", "ISO 45001:2018" va "ISO 50001:2018" xalqaro standartlari talablariga to‘la mosligi va majmuaga tegishli sertifikatlarni berish tavsiya etilishi ma’lum qilindi.
«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati